Qoidalar
Ishga qabul qilinganingizdan so’ng siz bilan kelishilgan vaqtda ishga kelishingiz kerak. Agarki siz ishga o’z vaqtida kelmasangiz bu korxonada adolatsilikni boshlab bergan bo’lasiz! Masalan, siz korxonaga soat 9 da kelishingiz kerak, lekin soat 9.30 da keldingiz. Siz o’ylaysiz atiga 30 daqiqa, lekin sizning hamkasbingiz soat 9 da o’z vaqtida kelgan, lekin hamkasbingiz ham siz ham oyning oxirida bir xil oylik olmoqdasiz. Hamkasbingiz sizga taqlid qilib keyingi oydan boshlab kech kelishni boshlaydi, natijada qolganlarga ham sekin asta yuqadi. Bu esa korxonada tartibsizlikka taribsizlik esa bankrotlikka sabab bo’lishi mumkin.
Barcha vazifalar mas’ul insonlarga bo’lib berilishidan avval bir butun maqsadga erishish uchun qilinishi kerak bo’lgan bir ishdir. Agar siz bir bo’lagini bajarishingiz kerak bo’lsa o’z vaqtida to’liq qilib bajaring. Bizning korxonada mas’ulyatsiz insonlarga joy yo’q.
Korxonada har bir xodim to’xtovsiz rovojlanishi kerak.Chunki agar siz o’z sohangizda rivojlanishda davom etmas ekansiz bo’limdagilarning barchasi sizdan o’rnak oladi va natijada bo’lim rivojlanmaydi. Bu bo’limidan qolgan bo’lim o’rnak oladi va natijada korxona rovojlanmasligi mumkin.Shu sababdan bir korxonaning rovojlanishi biling sizning rivojlanishingizga ham bog’liqdir.O’zingiz rivojlaning va qolganlar sizdan o’rnak olib ular ham rivojlanadi.
“Siz” deb murojat qilishingiz shart.Agar siz korxonani hurmat qilsangiz uning jamoadoshlari ham hurmatlidir..Demak, ularni “siz” murojat qilish kerak.Aslida buning asosiy sabablarini ko’plab keltirish mumkin.Shulardan bir, agar biringiz ikkingiz bilan kelisha olmay qoladigan holatga kelganizda ha, biringiz ikkingizga “siz” deb murojat qilishingiz muammoni yumshoqlroq tishuntirishga yordam beradi.
Har bir kelgan yangi hamkasb bilan o’rnidan turib gaplashishi kerak.Yangi hamkasbi tezroq moslashib ketihsi uchun har doim boshidan samimiy bo’lishingiz kerak.
Bajarilayotgan vazifalarni to’liq va kutilgan yakuniy qiymatdan yaxshiroq qilib bajarish. Masalan oddiy oshxonada idish tovoqlarni yuvidigan xodimning vazifasi idishlarni tez va tozalab yuvib berishidir. Agar xodim charchagan bo’lsa va idishlarni chala yuvsa va toza ididhlar qatoriga qo’shganda afitsantni va o’sha oshxonani yomon ekan degan tasurot bilan chiqib ketadi.Lekin bilinki aslida bu bir xodimni o’zini ishini bir vaqtda masu’liyatsizlik qilgani uchun butun xodimlarga zarar keladi.SIZ bu ishni takrorlamang!
Bizning ijtimoiy tarmoqlar