Yosh Tadbirkor
 University

Biz O'zbekiston yoshlarining hayotini o'zgartiramiz! Ularga biznes qilishni va loyihalariga pul topishni o'rgatamiz!

Yosh tadbirkor university ilmli, tajribali va qadriyatli tadbirkorlarni, kadrlarni yetishtirib chiqaradi. Mijozlar bizdan faqat bilim yoki amaliyot emas balki, o'zini hayot yo'lini topishdagi maskan deb bilishi kerak.

Xodimlar uchun 1- darslik

Xodimlar uchun 2- darslik

Xodimlar uchun  3-darslik

Xodimlar uchun 4- darslik

Qadriyatlar

Qadriyatlar juda muhim instrument hisoblanadi va
qoidalar yozilmagan holatda ham to’g’ri ishni va vazifani bajarishga
korxonaning korparativ muhitini shakllantirishga yordam beradi

To’xtovsiz rivojlanish

Doimo o’z ustida ishlash,ilm
olish va o’z atrofidagilarini ham
rivojlantirish

Qadriyatlilik (diniy qadriyatdan
kelib chiqish)

Halol va to'g'ri yashash orqali qolganlarga ( hamkasb va atrofdagilarga ) o'rnak bo'lish

Natija

Har qanday holatda ham mijoz
va jamoa uchun natijani
taminlash

Ma’suliyat

O’z ishi.Jamoadoshlari va mijozlar oldida ma’suliyatni his
qilishi!

Rag’bat qilish

Har bir jamoadoshi bizning
oilamiz a’zosidir.Oila esa qachon biriksa va ahil bo’lsa,
rivojlanadi va o’sadi.Biz olov
kabi bo'lishimiz kerak

Professionalizim

Xatolar ustida ishlab, doimo sohamizda yetajchi bo'lib ilg'orlik va mukammalikka intilish

Mobirise Website Builder

Maqsad

Nima uchun bu loyiha paydo bo'ldi:
O'zbekiston yoshlarni ishga ketish uchun o'qishini emas, ish beruvchi bo'lish uchun o'qishi uchun. Ilimli tadbirkorlarni ko'paytirib chiqish.

Yoshtadbirkor universityning ichki tartib qoidalari bilan tanishing !
Korxonada nima uchun qonun-qoidalarga amal qilishi kerak ?
  1. Korxonada qonun-qoidalarga amal qilish nafaqat majburiyat, balki uzoq muddatli barqarorlik va muvaffaqiyat uchun zarur omildir. Korxona qonun qoidalariga amal qilmaslik bu xuddi suv ustidagi muzda o’ynashga o’xshaydi, qancha ko’p inson chiqib yursa shuncha yuk og’irilashadi va natijada qaysidir kuni muz ko’tara olmaydi va odamlar ham muz ham suvga cho’kadi! Korxonada ham qonun qoida bu korxonaning to’g’ri o’sishi uchun qo’yilgandir. Agarki kimdur unga amal qilmasa korxonani cho’ktirishga xizmat qilayotgan bo’ladi.

Qoidalar

Ishga qabul qilinganingizdan so’ng siz bilan kelishilgan vaqtda ishga kelishingiz kerak. Agarki siz ishga o’z vaqtida kelmasangiz bu korxonada adolatsilikni boshlab bergan bo’lasiz! Masalan, siz korxonaga soat 9 da kelishingiz kerak, lekin soat 9.30 da keldingiz. Siz o’ylaysiz atiga 30 daqiqa, lekin sizning hamkasbingiz soat 9 da o’z vaqtida kelgan, lekin hamkasbingiz ham siz ham oyning oxirida bir xil oylik olmoqdasiz. Hamkasbingiz sizga taqlid qilib keyingi oydan boshlab kech kelishni boshlaydi, natijada qolganlarga ham sekin asta yuqadi. Bu esa korxonada tartibsizlikka taribsizlik esa bankrotlikka sabab bo’lishi mumkin.

Barcha vazifalar mas’ul insonlarga bo’lib berilishidan avval bir butun maqsadga erishish uchun qilinishi kerak bo’lgan bir ishdir. Agar siz bir bo’lagini bajarishingiz kerak bo’lsa o’z vaqtida to’liq qilib bajaring. Bizning korxonada mas’ulyatsiz insonlarga joy yo’q.

Korxonada har bir xodim to’xtovsiz rovojlanishi kerak.Chunki agar siz o’z sohangizda
rivojlanishda davom etmas ekansiz bo’limdagilarning barchasi sizdan o’rnak oladi va natijada bo’lim rivojlanmaydi. Bu bo’limidan qolgan bo’lim o’rnak oladi va natijada korxona
rovojlanmasligi mumkin.Shu sababdan bir korxonaning rovojlanishi biling sizning
rivojlanishingizga ham bog’liqdir.O’zingiz rivojlaning va qolganlar sizdan o’rnak olib ular ham
rivojlanadi.

“Siz” deb murojat qilishingiz shart.Agar siz korxonani hurmat qilsangiz uning jamoadoshlari
ham hurmatlidir..Demak, ularni “siz” murojat qilish kerak.Aslida buning asosiy sabablarini
ko’plab keltirish mumkin.Shulardan bir, agar biringiz ikkingiz bilan kelisha olmay qoladigan holatga kelganizda ha, biringiz ikkingizga “siz” deb murojat qilishingiz muammoni yumshoqlroq tishuntirishga yordam beradi.

Har bir kelgan yangi hamkasb bilan o’rnidan turib gaplashishi kerak.Yangi hamkasbi tezroq
moslashib ketihsi uchun har doim boshidan samimiy bo’lishingiz kerak.

Bajarilayotgan vazifalarni to’liq va kutilgan yakuniy qiymatdan yaxshiroq qilib bajarish.
Masalan oddiy oshxonada idish tovoqlarni yuvidigan xodimning vazifasi idishlarni tez va tozalab yuvib berishidir. Agar xodim charchagan bo’lsa va idishlarni chala yuvsa va toza ididhlar
qatoriga qo’shganda afitsantni va o’sha oshxonani yomon ekan degan tasurot bilan
chiqib ketadi.Lekin bilinki aslida bu bir xodimni o’zini ishini bir vaqtda masu’liyatsizlik qilgani uchun butun xodimlarga zarar keladi.SIZ bu ishni takrorlamang!

Ushbu tashkilot ma’lum bir mijozlarning ehtiyoj va muammolarini yechish sifatida ochilgan.
Agar biz mijozlarimizga xushmuomila bo’lmasak ularga yanada yaxshiroq va qulayroq xizmatlarni ko’rsata olmayliz.

Xodimlar o’z ish stoli tartibli bo’lishiga va toza turishiga doim javobgardor.Kerak bo’lgan holatlarda osh stoli atrofini ham toza saqlashi kersk. Bu ishni tozalik xodimasiga aytib yoki o’zi qilishi ham mumkin.

Konstruktiv tanqid sizni o’stiradi. Agar siz o’smoqchi bo’lsangiz, siz qilgan ishni kimdur to’g’ri tanqod
qilsa, siz qilgan ishingizni baholatishimiz kerak masalan 10 dan nechichidur va ular qilgan tanqidni to’g’ri qabul qilib kamchiliklarni to’g’rilashigiz kerak.

Bizning ijtimoiy tarmoqlar